Savdo nomi: ANERSID
Xususiyati: Gazsiz ichimlik suvini ishqorlab,kaltsiy, magniy va boshqa faol mikroelementlar
bilan boyitadi.
Qo'llanilishi:
- аsidozda (оrganizmning nordonlik darajasini oshishi);
- оrganizm suvsizlanganda (isitma, тerlash, jismoniy zo'riqish, hansirash, qayt qilish, ich
ketishi);
- o'pka va yuqori nafas yo'llarining surunkali hastaliklarida, shuningdek kislota va СО2 bilan
zaharlanganda;
- yurakning ishemik hastaligida, uning aretmiyasida, mushaklarning distrafiyasida, hamda yirik qon
tomirlarning kengayishida;
- surunkali sistit, pielit, pielosistit, hamda peshob yo'llarining oksolat va urat toshlarida;
- oshqozon kislotasini oshishida, o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligida, ichburug' va ichak
oqmalarida;
- kariesni, suyak emirilishini, allergiya, yuqumli kasalliklar bilan tez-tez og'rishni, qandli
diabetni va ularning asoratlarini oldini olishda qo'llash tavsiya etiladi.
Bundan tashqari tishni kariyesdan himoyalashda, bo'y o'sishida, osteoparoz va suyaklar mo'rtligini
oldini olishda, qon ivishishini yaxshilashda, mushaklar tortishishi, beldagi og'riqlar, vena qon
tomirlarini kengayishining sabablarini bartaraf etishda ishtirok etadi. Asab taranglashishidan,
tushkunlikka tushishdan, uyqusizlik va holsizliklardan saqlaydi. Homilaning tushishi va homila davrida
qon bosmining ko'tarilishidan himoyalaydi. Yuqumli kasalliklarning qaytalanishi va allergik
xurujlarning oldini oladi. Organizmning umumiy himoyalanishini oshiradi. Oq qon tanachalarini,
makrofaglarni va interferonni faollashtiradi. Gemoglabin sintezida, eritrosit va Q10 kofermentini
ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Qo'llash tartibi: Qo'llashdan oldin idishdagi kukunga 100 ml gazlanmagan suyuqlik solib,
chayqatib oling. Kuniga 1-2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilish tavsiya etiladi: 6
oylikdan bir yoshgacha bolalarga choy qoshiqning uchdan biri, 1 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga yarim
choy qoshiqdan, 5-14 yoshdagilarga bir va kattalarga esa 1-2 choy qoshiqdan iste'mol qilish tavsiya
etiladi.
Qo'llash mumkin emas: Anasid gastritda. Davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Saqlash sharoiti: 25℃ haroratdan yuqori bo'lmagan va namlikdan himoyalangan holatda
saqlanadi.
Saqlash muddati: 3 yil.
Savdo nomi: «103 yordam» tana uchun krem
Krem tarkibi: Kungaboqar, jo'hori yog'I, moychechak guli, dastarbosh,
achchiq ermon bargi va poyasi, qariqiz, dalachoy,temirtikanlarninig yog'li siqmasi va asalari mumi.
Xossasi: Qon aylanishini yaxshilaydi, shmollashni bartaraf etadi va shishni
kamaytiradi, yaralarning bitishini jadallashtiradi, faoliyatini tiklaydi.
Qo'llash tavsiya etiladi:
- teridagi yallig'lanish o'choqlarini bartaraf etishda, dermatitlarda, seboreya, podagra, gerpes,
yotoq yaralarda, yoriqlarda;
- tirnalganda, shilinganda, kuyganda, trofik yaralarda, lat eganda, bo'g'imlardagi og'riqlarda,
umurtqa pog'onasi churrasida, jismoni mashg'llotlar jarayonida ortirilgan jarohatlarda;
- bavosilda, yoriqlarda, oqmalarda, erkaklar hastaliklarida, anarektal muolaja jarayonida, prostatani
uqalashda, to'g'ri ichak va prostataning saratonini oldini olishda;
- ayollar hastaliklarida eroziyoni kuydirildandan so'ng jarohatlarni bitirishda, ayollarda
o'tkaziladigan vaginal muolajalar jarayonida va eroziyadan qin saratonini oldini olishda qo'llash
tavsiya etiladi.
Qo'llash tartibi: Krem tashqi, anorektal, vaginal va mahalli qo'llaniladi. Kremni qo'llashdan
avval tananing muammoli qismini tozaligini va gigienasini ta'minlash zarur.
Kremdan kuniga 2 mahal (togda va kechda) foydalaniladi. Nfi tekkan sari kuniga 1 mahalgacha
qisqartiriladi.
Krem tarkibiga juqori ta'sirchanligi bo'lganlarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Krem ginekologik hastaliklarida homiladorlikning 1 oyligida qo'llanilmaydi. Homilaninig 2- va 3-
oyligida krem ginekolog ruxsati bilan qo'llash mumkin.
Davolovchi shifokor va dermatolog bilan maslahatlashing.
Saqlash sharoiti: 25℃ haroratdan yuqori bo'lmagan holatda va bolalar qo'li yetmaydigan
joyda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati: 12 oy.
Dorixonalardan retseptsiz savdoga chiqariladi
Savdo nomi: EVOLUTION
Tarkibi: Bir dona tabletka 0,5 gr
Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari 200 mg gacha
Tabiiy rux 100 mg
Boshqa mineral va qo'shimchalar 200 mg gacha
(Vitamin «С»)
Qo'llash tavsiya etiladi:
- mavsumiy kasalliklarni (gripp, SARS) kompleks davolashda va bronxopulmonal patologiyaning
asoratlarini oldini olishda;
- organizmda sink (Zn) etishmovchiligini oldini olishda qo'llaniladi.
Qo'llash usuli: Kuniga 50 mg (1/2 tabletka) - 100 mg (1 tabletka) ovqatlanish vaqtida yoki
shifokor maslahati bilan qo'llash tavsiya etiladi.
Maxsus ko'rsatma: Rux preparati shimib qo'llansa og'iz bo'shlig'ida va yutganda halqumda
pathogen mikroorganizmlar va agressiv muhitdan himoyalovchi parda, albuminat hosil qiladi. Albuminat
tarkibidagi rux ionlari antiseptik va bakteriosid ta'sir ko'rsatadi.
Qo'llash mumkin emas: Preparat tarkibiga nisbatan shaxsiy nomutonosiblik bo'lganda qo'llash
tavsiya etilmaydi.
Extiyotkorlik bilan qo'llaniladigan xolatlar:
- O'tkir buyrak etishmovchiligi;
- Immun ensefalit;
- Parenximatoz buyrak shikastlanishi;
- Homiladorlik va laktatsiya davrida.
Chiqarilish shakli: 10 donadan blisterga qadoqlangan tabletkalar.
Saqlash sharoiti: 25℃ haroratdan yuqori bo'lmagan va namlikdan himoyalangan holatda
saqlanadi.
Saqlash muddati: 3 yil.